DataLife Engine > sport / > Messi zamonamizning eng qimmat futbolchisi deb topildi

Messi zamonamizning eng qimmat futbolchisi deb topildi


10-06-2015, 13:49. : SilveR
 "Barselona klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ayni zamonning eng qimmat futbolchisi deb topildi. Bu haqda "Gazeta.ru xabar bermoqda

 
 

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) tomonidan olib borilgan izlanishlarga kora, Messining transfer bahosi 255,3 million yevrodan 280,8 million yevrogacha turadi.

Ikkinchi orinni "Chelsi yarim himoyachisi Eden Azar egalladi. Belgiyalik futbolchi 135,4148,9 million yevroga baholandi.

Uchlikni "Real forvardi Krishtianu Ronaldu yakunlab berdi 113,3 million yevrodan 127,7 million yevrogacha.

Kuchli onlikka quyidagi futbolchilar kirdi: Neymar (89,698,5 mln yevro), Serxio Aguero (78,286,0 mln yevro), Rahim Sterling (73,781,0), Pol Pogba (70,377,3 mln yevro), Diyego Kosta (69,976,9 mln yevro), Aleksis Sanches (67,874,6) va Xames Rodriges (62,568,8).

 

Manba:Daryo