Реклама
» » Krishtianu Ronaldu haqidagi film 2015-yil oktabrida katta ekranlarga chiqadi

Krishtianu Ronaldu haqidagi film 2015-yil oktabrida katta ekranlarga chiqadi

 "Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi film 2015-yilning oktabrida prokatga chiqadi, deb Xabar beradi "TASS”.
 
 

Kartina syomkasi bilan mashhur Universal Pictures kinokompaniyasi shug‘ullandi. Suratga olish ishlari 2014-yilning yanvar oyida boshlangandi va joriy yilning bahorida yakunlandi.

Ronaldu — futbol tarixidagi eng kuchli o‘yinchilardan biri hisoblanadi. U "Manchester Yunayted” tarkibida 3 marta Angliya chempionatida va bir marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Madridning "Real” klubida esa portugaliyalik futbolchi bir martadan Ispaniya chempionati va YeChLda g‘alaba qilgan.

Ronaldu uch marta "Oltin to‘p” mukofotini, uch marta "Oltin butsa”ni va yana bir qancha jamoaviy hamda individual sovrinlarni qo‘lga kiritgan.


9-06-2015, 15:07
Автор: SilveR
Просмотров: 3 046
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.



[an error occurred while processing the directive]