Реклама

DO'STDAN JAFO

Mana, yana bir kun o'tmoqda
Yuragim bezovta bo'lar negadir
Tun tugab yangi tong otmoqda
Shu dam yolg'izlik ham jonga tegadir
Men esa o'tirib shinam xonamda
Deraza yonida hayolga toldim
Sirdoshim yo'q hatto yonimda
Yolg'izlikka sekin ko'nikib qoldim
Sarhisob qilarman o'tgan hayotim
O'zi nima qildim shuncha yil yashab
Hatto ko'kka yetar solsam faryodim
Mening yaqinlarim ketgandi tashlab
Shu on esga tushar qayta va qayta
Bo'g'zimga tiqilar achchiq nimadir
Do'stlar kelar ekan bo'lganda foyda
Yana kerakdirman balki kimgadir
Ko'z yoshim oqadi eslagan sari
Muhtoj bo'lganimda biroq do'stlar yo'q
Bir lahzada tamom, tugadi bari
Yurakda qolganda alamli bir cho'g'.
Yaqin do'stim menga xiyonat qilar
Bunday do'stdan ko'ra dushman afzalroq
Achinar duwmanim, do'stlarim kular
Vafosiz do'st hayvondan ham battarroq
To'zg'ib ketdi hayolim shu dam
Achinib osmon ham quydi yoshini
Osmon tushunganda tushunmas odam
Menga dalda bo'ldi egib boshini.
Yo'q yolg'iz emasman osmon yonimda
Lek u ham kun kelib ketadi tashlab
Faqat xotiralar qolar yonimda
Qolar xotiralar yurakni g'ashlab...

Diqqat, diqqat! Xorazm.Net ”ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, Xorazm va uzbek shou-biznes yangiliklardan , Mp3, video klip va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling! >> Kanalga kirish.
3-12-2012, 17:29
Автор: SilveR
Просмотров: 5 452
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 3



[an error occurred while processing the directive]