Реклама

Bayram Xazillar (8 Mart)

- Aziz dugonajonlar, bayramingiz muborak bo`lsin! Bugun chehrangizga go`zallik bag`ishlaydigan tabassumni kanda qilmang! Umr nihoyatda qisqa ne'mat - uni parhez, erdan nolish va yomon kayfiyatga sarf etmang!
 
****
8 Mart arafasidagi e'lon:
"Idish-tovoq sindirib janjal qilishni xush ko`radigan uy bekalari uchun yangi idish sindiradigan mashina sotuvga chiqarildi. Mashina avvaldan ichiga solib qo`yilgan idishlarni sindiradi va baland ovozda uy bekasining ovozida qarg`anadi. Mashina bilan birga janjalli vaziyatlarda ishlatiladigan iboralar to`plami ham sotilmoqda.
 Bu yangi mashina ayollarga munosib sovg`a bo`lib, unga erishgan uy bekalari eri bilan avtomat yordamida urushib, birorta ham sevimli seriallarini o`tkazib yubormaydilar"
 
****
 "Yuragida menga nisbatan so`z bilan izhor qilib bo`lmaydigan darajadagi muhabbati borlar...
Uni 8 Mart kuni katta xarajatlar yordamida oshkor qilishga harakat qilib ko`ring!"
 
****
Qo`liga kampiri 8 Martga undan kutayotgan sovg`alarni ro`yxatini qo`liga tutqazib, oltin baliq huzuriga jo`natgan cholning to`riga tushgan baliq, nola qilib dedi:
 _ Tila tilagingni, boboy!
 _ Pushkinning ertagini o`qiganman, oxiri nima bilan tugashidan xabarim bor. Shuning uchun ishni kampirni o`zgartirishdan boshlaymiz!
 
****
_
Kechirasiz, yaxshi qiz, yolg`on gapirishdan foyda yo`q. Bo`yim past, chiroyda ham maqtashga arzigulik emasman. Ammo hashamatli uyim, dala hovlim va "MErsades" mashinam borligi, bo`lg`usi rafiqamni 8 Mart va tug`ilgan kunida sovg`alarga ko`mib tashlay olishim mumkinligi ko`nglimga ozgina bo`lsa-da, taskin beradi.
 _ Hechqisi yo`q! Hayotda muhimi tashqi chiroy emas, qalbingiz go`zalligining o`zi yetadi!..
 
****
 
"Jonginam, bayraming bilan chin qalbimdan tabriklayman. Senga baxt,, muhabbat, chiroy, ko`p pul, aql tilayman! Qolgan narsalar o`zingda bor..."
 
***
 

- Men hech nimani bilmayman! 8 Martga menga mana shu taqinchoqni olib berasiz!

- Bu taxdidmmi?

- Yo`q, marvarid!

 

***

 

-O`rtoqjon, bugun men uchun qo`shaloq bayram! Menga birinchi rolimni berishdi!

-- Tabriklayman! Kimni o`ynar ekansan?

-- Bir semiz, tentak qora sochli ayoli!

-- Qoyil! Obrazga kirishing ham qiyin bo`lmaydi. Faqat sochingni bo`yasang, g`irt o`zi bo`lasan, qo`yasan!

 

***

"Azizim seni ayollar bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman! O`zi aslida ismlarni eslab qolish qobiliyatim zo`r. Faqat qaysi biri seniki ekanligini eslolmayapman…”

 

***

-Bayram bahona soch turmagimni o`zgartirganimga e’tibor berib, qarab ham qo`ymadingiz-a, dadasi? Mashinangiz ozgina tilingandi, undan 3 soatdan beri ko`zingizni uzmaysiz…

 

***

- Siz bayramga xotiningizga nima sovg`a qildingiz?

- Chet elga chipta.

- U-chi?

- Uchib ketdi!

 

***

Ayol o`zini baxtli his etishi uchun uncha ko`p narsa kerak emas... Atigi bir-ikkita narsa bo`lsa yetadi... Faqat 8 Martda emas... har kuni...

13-03-2015, 15:12
Автор: LEYLA_NDK
Просмотров: 10 199
Рейтинг:
Нашли ошибку?   


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 3
Michaelmen 13 июня 2018 20:46
Русь едина и непобедима ----- смотреть сериалы 2018 онлайн ----- Кто еще умеет так вируозно делать?! ----- госуслуги личный кабинет ----- Разные варианты ----- kmsauto lite -----
    Жалоба      1



[an error occurred while processing the directive]