Реклама

TUG'ILMAGAN BOLA OXI! ( Tasirchan Hikoya )

TUG'ILMAGAN BOLA OXI! 5 - Oktyabr - Men bugun yraldim, lekin bo'lajak ota-onam bundan behabar. Men juda kichkinaman, hatto olma urug'idan ham. Nima bo'lganda ham men borman. 15 - Oktyabr - Biroz kattaygan bo'lsamda, harakat qiladigan ahvolda emasman. Onam qalbining shundoqqina tagida joylashib olganman. 22 - Oktyabr - Og'zim shakllana boshladi. Bir yildan so'ng men ham mazza qilib kuladigan bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjudemas deya oladi. Nonning ushog'i ham nonda, to'g'rimi? 27 - Oktyabr - Bugun yuragimura boshladi: duk-duk, duk-duk. Bundan kegin hayotimni ohirgacha dukullab turadi. Uni zavqu-shavqqa to'ldiraman ham. 12 - Noyabr - Barmoqlarim chiqa boshladi. Hali ular bilan sochlarimni tarayman, gullar teraman. Men sizga bir sirni ochay: men qiz bolaman. 20 - Noyabr - Bugun onam yashirincha doktorga bordi. Borligimni bilib, rosa sevinganbo'lsangiz kerak-a, onajon. Yaqinda meni qo'lingizga olasiz, erkalatasiz. Qanday bahtli bolaman! 13 - dekabr - Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat qorong'u joydaman, holos. Ammo baribir bahtiyorman. Ahir yaqinda dunyo yuzini ko'raman. 24 - Dekabr - Onajon! Bazi bolalar dunyoga kasal bo'lib kelishadi, lekin mening mitti yurakcham sog'lom va baquvvat. Demak, men sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelishni, bag'ringizda mazza qilib uhlashni hohlayman. 28 - Dekabr - Onajonim yana shifohonaga keldi. Doktor... Voy nimalar deyapsiz, onajon?.. Risqni Alloh beradi-ku? 29 - Dekabr - Eh, onajonim, nega tug'ilshimni istamaysiz? Nega jajji qo'lchalarim bilan yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni hohlamayapsiz? Afsus... Oh! Badanim og'riyapti! Juda qattiq og'riyapti. Meni qutqaring, onajon!.. O-na-a-jo-oon!..
5-06-2013, 09:18
Автор: SilveR
Просмотров: 14 523
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 10



[an error occurred while processing the directive]