Реклама
» » » "Malika Va Uning Yagona Muhabbati"

"Malika Va Uning Yagona Muhabbati"

"Malika Va Uning Yagona Muhabbati"
( (Ideal) Mukammal muhabbat izlash qismati)

Bir go‘zal malika yashardi. U kun bo‘yi deraza oldida o‘tirib, o‘zining orzusidagi yagona muhabbatini kutardi. Ertaklarda bo‘lganidek, uning qo‘lini so‘rash maqsadida qasriga ko‘plab kuyovlar kelishardi. Lekin hammasi quruq qaytib ketardi. Malika hech kimning taklifini qabul qilmasdi.

Malika yagona muhabbati qanday bo‘lishi kerakligini allaqachon hal qilgan, hatto birorta jihatini unutib qo‘ymaslik uchun o‘zicha ro‘yxat ham tuzgandi. Qo‘lini so‘raganlarning birortasi esa bu ro‘yxatdagi xususiyatlarga to‘la mos kelmasdi. Nuqul bir narsasi to‘g‘ri kelmasdi. Bittasi judayam yosh, bittasining yoshi katta, uchinchisi tepakal, to‘rtinchisi ziqna, beshinchisi xunuk kuladi, oltinchisi tartibsiz kiyingan, o‘zini tutishi ham g‘alati... Xullas, hammasidan kamchilik topilardi. Kuyovlarning ba’zilari taqdirdan norozi bo‘lib, ba’zilari ko‘zida yosh bilan, ba’zilari esa hatto xayrlashmasdan qasrni tark etardi.

Shu tariqa yillar o‘tdi, malika esa hamon yagona muhabbatining tashrifini kutardi.

Nihoyat bir kuni qasrga ko‘rkam shahzoda keldi. U chiroyli, boy, po‘rim kiyingan, o‘zini tutishi ham yaxshi edi. Malika ro‘yxatiga nazar tashladi-yu, uning kelganini tushundi. Mana u, uning yagona muhabbati! Hamma jihatlari mos kelyapti! Malika shahzodani sevib qoldi va unga turmushga chiqishga rozi ekanligini aytdi. Ammo shahzoda bunga javoban shunday dedi:

— Men o‘zimning yagona muhabbatimni topish uchun minglab qirolliklarni ko‘rdim, yuzlab ajdarholarni o‘ldirdim. Lekin uni baland tog‘lardan ham, uzoq mamlakatlardan ham topolmadim. Uni bu yerda ham ko‘rganim yo‘q. Alvido, malika, kechirolsangiz, meni kechiring.

Shahzoda shu so‘zlarni aytib, oq otini egarladi-da, yana o‘zining yagona muhabbatini izlab yo‘lga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketarkan, yana qancha malikalarning qasriga tashrif buyurishi kerakligi haqida o‘ylardi. Shahzoda cho‘ntagidan g‘ijimlanib ketgan qog‘ozni olib, o‘qidi va xo‘rsinib yana cho‘ntagiga tiqib qo‘ydi. "Bu qiz, albatta, chiroyli, lekin nimayam qila olardim?..”

Uning ro‘yxatidagi naq uchta bandga malika mos emasdi...

 

Z.S dan Hayotiy xulosa: Mukammallik bilan baxt chiroyli bo`ladimi? Meningcha insonlar bir-birlarini kamini yashirib, borini oshirib, bir-birini to`ldirib, bir butinlikga erisha olish bilan baxti butun, go`zal hamda umri boqiy muhabbatni yarata olishi mumkin. Bu degani mukammal (ideal) bo`lishga harakat qilmang degani emas albatta, mukammal bo`lishga harakat qilish kerak, baribir inson mukammallikga erisha olmaydi. Tangri Taollo Dunyoni bir kam yaratgan, insonlarni ham bir-biriga suyanib yashashi uchun mukammal yaratmagan. Bu Dunyo hisoblidir. Hammamizning taqdirimizga bitilgan inson bor.

Barcha insonlardan to borliqdagi barcha jonzotlarni jufti bilan yaratgan Tangrimizgina bizlarni yaxshi va yomonga ajratishi mumkin, biz ojiz bandalarga bundayin buyruq berilmagan ekan, biz o`zimizni atrofdagilarni taqqoslashdan tiymog`imiz lozim. "Birni ko`rib fikr qil, Birni ko`rib shukur" - degan maqolni yodimizda saqlomog`imiz darkor.



Diqqat, diqqat! Xorazm.Net ”ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, Xorazm va uzbek shou-biznes yangiliklardan , Mp3, video klip va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling! >> Kanalga kirish.
16-03-2015, 20:07
Автор: LEYLA_NDK
Просмотров: 2 922
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 6



[an error occurred while processing the directive]