Реклама
» » » “Onamni deymi, rafiqamnimi yoki bolamni?!”(Hayotiy)

“Onamni deymi, rafiqamnimi yoki bolamni?!”(Hayotiy)

"Onamni deymi, rafiqamnimi yoki bolamni?!”

"O`tgan yili uylandim. Onamga ayolimning qilgan ishi ham, gapirgan gapi ham yo`madi shekilli, qaynona-kelin hach kelisha olishmadi. Onam "Bizni desang xotining bilan ajrashasan!” –dedi. Noiloj ayolimni ota-onasinikiga jo`natib yubordim. Lekin undan ko`ngil uzganim ham, ajrashganim ham yo`q. Bugun esa farzandli bo`lganim haqida xabar eshitdim. Endi boshim qotib qolgan: ota-onamni deymi, ayolimnimi, hali o`zim ko`rmagan farzandimni?” R.SH.

Og`abek Sobirov, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist:

-Men sizdan ko`ra tajribali inson sifatida oilangiz o`z bag`ringizda bo`lishini, ta’minlashingizni istardim. Ayolingiz onangizdan kechirim so`rab, u kishining talablariga javob berishni o`rgansin. Farzandingiz tug`ulguniga qadar bir chora ko`rmasdan yurganingizning o`zi tushunarsiz holat. Onangizning fe’lini ayolingizdan ko`ra siz yaxshiroq bilsangiz kerak. Uyda tarozibon bo`ling. Shirin gap, muomala bilan ayollarning qalbiga yo`l toping va farzandingiz o`z otasi va buva-buvisi bilan birga yashashiga harakat qiling. "Xotinim onam bilan chiqisha olmayapti”, deb bir begunoh go`dakning yetim bo`lishiga zamin yaratmang.

Z.SOBIROVA

Mening fikrim: Maslahat berishga yoshlik qilaman-u, ammo oilaviy totuvlikni saqlash uchun kerakli bo`ladigan ba’zi uqigan foydali, ko`pchilikga samara bergan ma’lumotlarni aytishim joiz deb bildim.

O`zbek xonodonida turmush qurgandan keyingi bo`ladigan o`zbekona udumlar, oilaning har bir a’zosiga mas’uliyat yuklar ekan, bunda oilaning har bir a’zosi yetakchi bo`lishi, o`z mas’uliyatiga yengil-yelpi qaramasligi lozim.

O`zga bir xonadondan, yangi oilaning muhitidan o`zgacha bir muhitda voyaga yetgan qizning, yangi, mana shu kungacha begona bo`lgan oilaga moslashishi uchun 5 yil, bir tan-u bir jon bo`lib ketishligi uchun esa 10 yil kerak bo`lar ekan. Shuning uchun oilaning yangi azosini qarashlarini tushinishga harakat qilib, unga esa o`z oilangizning muhiti va tarbiyatini tushintirishga, oilaviy odatlaringiz bilan birma-bir tanishtirishga vaqt ajrating.

Aql-u, farosati bor qiz, uzidan yoshi ulug` insonning qarorlarini qonun bilib, ko`nglini topishga harakat qilishi, hayolini bir joyga jamlab zexnli bo`lib, oiladagi har bir insonning ko`z qarashlari-yu, harakatidan nimani istayotganini faxmlay olishga, har bir yumushni o`zi vaqtida a’lo bajarishga, o`zi kerakli hamma narsani bilsada, qaynonasidan maslahatlar so`rab turishga ham odatlanishi lozim.

Kelinlik vazifalaridan eng kerakli bo`ladiganlari, bular: xushmuomilalik, shirin suhanligu, chaqqonlik, ozoda-sarishta bo`lmoqlik, pazandalik, to`g`ri so`zlik, kam gapirib, kam kulishlik, bolajon bo`lishlik, did-farosatli bo`lishlik, hayo-iboni unutmaslik, sadoqatlilik, oilaparvarlik hislatlari bo`lishi oilaning tinch-totuv bo`lishiga ulkan hissa qo`shadi.

Opa-singillarim turmush qurish oldi yaxshi fazilatlaringizni yanada o`stiring, mas’uliyatli bo`ling, hunarni birini tanlash bilan cheklanmang, masalan, tikuvchilik, to`quvchilik, kashtachilik, sartaroshlik, qandolatchilik va h.k qo`shimcha hunarlarni ham o`rganib qo`ying, uy intereri dizaynerligi, liboslar dizaynerligini mustaqil o`rgansa ham bo`ladi, o`tirib ketma-ket chet el seriallarini ko`rishdan voz kechib, psihologik, tarbiyaviy kitoblar o`qib turing, sevgan insoningizning uyiga o`zgacha bir tarovat fayz bo`lib kirib boring !!! Yangi oilangizning jonajon kelini bo`lib olish uchun turmushungizning dastlabki ikki yili juda muhim muddat hisoblanadi, mana shu muddatdan ya’ni sinovdan samarali o`tib olishni barcha yangi kelinlar va bo`lajak kelinlarga tilab qolaman!

Ha yana bir gap, "Til - o`qsiz yov” ,tilingizni jilovlang, bir so`zni so`zlashdan avval o`ylab ko`ringchi, tilingiz harakatga kelganda aqlingiz ham harakatga kelganmi. Yetti o`lchab bir kesing, "Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan .” deyishadi, unutmanga. G`iybatijonlarga qo`shilib qolmang! J

Yigit, qiz, erkak, ayol barchaga o`qishni taklif qilaman: Tohir Malikning "Kelinlar daftariga”(Kelinlar deyilgani bilan oilaning barcha a’zolari o`qishi kerak bo`lgan kitob), "Tilingni avayla”, "Saodat saroyining kaliti”, "Vijdon uyg`onur”, "Imonlashish umidi” ;

Tursunoy Sodiqovaning  "O`glim qizim senga aytaman”, "Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit”, "So`z sehri”, "Jannatim Onam”, "XAZRATI AYOL”;

Deyl Karnegining "Oilada baxtga erishish yo`llari”, Betashvish yashash siri”, "Do`st orttirish va odamlarga ta’sir o`tkazish” kitoblarini tavsiya etaman.

Hurmat ila Z. Sobirova.


Diqqat, diqqat! Xorazm.Net ”ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, Xorazm va uzbek shou-biznes yangiliklardan , Mp3, video klip va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling! >> Kanalga kirish.
23-02-2015, 22:10
Автор: LEYLA_NDK
Просмотров: 4 672
Рейтинг:
  
Теги: Hikoyalar


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 5



[an error occurred while processing the directive]