Реклама

IKKI DO`ST

 

Ikki Do’st

Ikki do’st uzoq vaqt cho`lu biyobanda yolg`iz ketishardi. Bir kuni ular o`rtasida nizo kelib chiqqani bois biri ikkinchisining yuziga shapaloq tortibdi. Shapaloq yegan do`s tog`riqni his qilsa-da, hech narsa demabdi.

Ammo qumning ustiga "Bugun eng yaqin do`stim yuzimga shapaloq tushirdi!” deb yozibdi.

Keyin ikkala do`st yana yo`llarini davom ettirishibdi. Oradan bir necha kun o`tib, cho`lning o`rtasidagi hovuzni ko`rib qolishibdi va u yerda cho`milmoqchi bo`lishibdi. Bir payt yuzidan shapaloq yegan do`st cho`ka boshlagan ekan, ikkinchisi uni qutqarib qolibdi.

O`ziga kelgach esa qo`liga bitta toshni olib unga "Bugun mening eng yaqin do`stim jonimni saqlab qoldi” deb o`yib yozibdi:

Shunda yuziga tarsaki tushirgan va jjonini saqlab qolgan do`sti undan so`rabid:

- Men seni xafa qilganimda qumga yozganding, nimaga endi joningni asrab qolganimni toshga yozding?

Shunda ikkinchi do`st javob qaytaribdi:

- Kimdir bizni xafa qilganida buni qumga yozishimiz kerak, toki shamol turganda u yoyilib yo`q bo`lib ketsin. Ammo bizga yaxshilik qilishsa, buni toshga o`yib yozishimiz kerak, toki hech qanaqa shamol va to`zon uni o`chirib tashlolmasin!


Diqqat, diqqat! Xorazm.Net ”ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, Xorazm va uzbek shou-biznes yangiliklardan , Mp3, video klip va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling! >> Kanalga kirish.
21-02-2015, 18:14
Автор: LEYLA_NDK
Просмотров: 1 854
Рейтинг:
  
Теги: Hikoyalar


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 1



[an error occurred while processing the directive]