» » 5000 somlik kupyura 1-iyuldan muomalaga chiqariladi

5000 somlik kupyura 1-iyuldan muomalaga chiqariladi

19-iyundan boshlab internet tarmogida Ozbekiston Republikasi Markaziy banki tomonidan 5000 somlik kupyura muomalaga chiqarilishi togrisida malumot tarqalgan edi. Ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar saytlarida ushbu kupyuraning muomalaga chiqish-chiqmasligi togrisida qizgin bahs-munozaralar davom etmoqda.

Boshqa OAVlardan farqli ravishda, tasdiqlanmagan xabarni saytimizda elon qilib, oquvchilarimizga notogri malumot berishni ozimizga ep kormadik. Shuning uchun bundan avval saytimizda ushbu mavzuga tegishli hech qanday yangilikni elon qilmadik. Nashrimiz oquvchilariga togri va tasdiqlangan malumotni taqdim etishni oz oldimizga maqsad qilib qoydik.

Bugun esa, Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytida qiymati 5000 som bolgan pul biletlarini muomalaga chiqarish togrisida rasmiy axborot elon qilindi.

2013 yilning 1 iyulidan boshlab Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 5000 som bolgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqaradi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 som bolgan pul biletlari 144 x 78 mm. olchamdagi himoyalangan qogozda tayyorlangan.

Banknotning ong tarafidagi keng oq rangli sathda Ozbekiston Respublikasi Gerbi va "5000 raqami korinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qogoz qatlamida golografik effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi otkazilgan.

Bilet old tomonining yuqori qismida "OZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI yozuvi mavjud.

Chap qismida naqshinkor elementlar fonida Ozbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Naqshinkor ramkaning ong va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek Gerbning ong tarafida "5000 raqami tasvirlangan bolib, biletning qiymatini bildiradi.

Gerbning ong tarafidagi "5000 raqami ustiga yirik harflar bilan "SOM sozi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida bilet qiymati soz bilan "BESH MING korsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida "OZBEKISTON SOMI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TOLOVLAR UCHUN OZ QIYMATI BOYICHA QABUL QILINISHI SHART yozuvi joylashgan.

Banknotning jigar rang naqshinkor ramkasi, "OZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI yozuvi, Gerb, ong va chap tomondagi  "5000 raqamlari bortib turadi, ushlab korilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan "5000 raqami uning diagonali boyicha farqlangan ikki xil rangda ishlangan. Raqam tepasida biletning nomeri va seriyasi takror korsatilgan.

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga ozgartiruvchi va ushlab korilganda bilinadigan bortib turuvchi naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil "2013 korsatilgan.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari korinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida rangli naqshinkor bezaklar joylashgan bolib, pastki bezak ustida "5000 raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida "OLIY MAJLIS memoriy binosi, bino gumbazining tepasida Ozbekiston Respublikasining rangli bayrogi tasvirlangan.

Rasmning yuqori chap burchagida bir-birini kesib otuvchi "5000 va "SOM yozuvlari mavjud bolib, ularning tepasida banknotning qiymati soz bilan "BESH MING korsatilgan.

Ularning pastki qismida turli balandlikdagi, qiyalik burchagining holatiga qarab rangini yorqin tilla rangdan och yashil rangga ozgartiruvchi ikkita "5000 raqamlari joylashgan.

Shuningdek, banknotning "5000 raqamdagi qiymati uning yuqori ong burchagida ham tasvirlangan.

Pastki qismida "OZBEKISTON SOMINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TAQIB QILINADI yozuvi joylashgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 5000 som bolgan pul biletlari, ayni paytda muomalada bolgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xojalik yurituvchi subektlar va aholi tomonidan oz qiymati boyicha barcha turdagi tolovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

manba: daryo.uz

 


27-06-2013, 16:12
: 17 261
:
?   


, . .
9


: *
e-mail: *
:
:      ,
:

[an error occurred while processing the directive]