Реклама
» » Kutib oling "NIhol" mukofoti sovrindori Farruxbek Saidov

Kutib oling "NIhol" mukofoti sovrindori Farruxbek Saidov


Toshkentdagi “Istiqlol” saroyida 25-avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etgan “Nihol” mukofotining yangi sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.


2016-yil oktabr–noyabr oylarida “Nihol” mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari o‘tkazilgandi. Unda 13 mingdan ortiq ijodkor yosh o‘z mahoratini namoyish etdi. Ularning eng munosiblari respublika bosqichida qatnashib, mumtoz qo‘shiq, musiqa ijrochiligi, estrada, opera ijrochiligi, raqs san’ati yo‘nalishlarida o‘z musiqiy dasturini “Nihol” mukofoti respublika kengashi a’zolari, mutaxassislar va ekspertlar, keng jamoatchilik, san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etdi.
Manba: Daryo 

Shu jumladan Viloyatimizdan qatnashgan Ajoyib ovoz sohibi Farruxbek Saidovni ham Saytimiz jamoasi nomidan "Nihol" Mukofoti sovrindori bo'lganligi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz kelgusida ishlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
29-08-2017, 13:13
Автор: XoRaZm
Просмотров: 579
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.



[an error occurred while processing the directive]