Реклама
» » “Boyvachcha kuyov”: O‘zbek qaynonasi rolida rus aktrisasi

“Boyvachcha kuyov”: O‘zbek qaynonasi rolida rus aktrisasi


Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” deb nomlangan filmi tez kunlarda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Taqdimot arafasida jurnalist Feruz Muhammad film rejissori bilan suhbatlashdi.


— “Boyvachcha kuyov” nomli navbatdagi kinokomediyangizda qaynona roliga rus aktrisasini taklif qilib, o‘ziga xos tajribaga qo‘l uribsiz.
— Ha. Bolalar uyida rus tarbiyachi ayolning qo‘lida katta bo‘lgan yigit, uylanish yoshiga yetganida: “Qanday qilib qaynonasiz kelin bo‘lishi mumkin? Kelin ertalab turib kimga salom beradi? Unga bilmaganlarini kim o‘rgatadi?”, deya o‘ziga o‘zi savol beradi. Bir kuni tarbiyachisiga: “Siz nima uchun bolalaringizning yoniga — Rossiyaga ketmagansiz?”, deya savol bersa, tarbiyachi: “Shu yerda yoshligim o‘tdi, erim bilan shu yurtda tanishib, oila qurdim, uni shu yurtga dafn qildik. Bu yurt — mening Vatanim”, deb javob beradi. Shunda yigit: “Unday bo‘lsa, siz menga ona, xotinimga qaynona bo‘lasiz”, mazmunida fikr bildiradi. Qaynona rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Olga Volodina maromiga yetkazib ijro qilgan.


— Filmda yana qaysi mashhur aktyor-aktrisalarni ko‘rish mumkin?


— Filmda Murod Rajabov, Saida Rametova, Muhammadiso Abdulxairov, Yulduz Rajabova, Asqar Hikmatov, Zarina Nizomiddinova, Alisher Usmonov, Zuhra Soliyeva kabilar rol ijro etgan.






— Film uchun maxsus saundtrekni kuylash kimga ishonib topshirildi?
 Shahzoda tomonidan “Pari” deb nomlangan qo‘shiq aynan shu film uchun maxsus saundtrek sifatida kuylandi.


— Filmda yulduzli jamoa to‘plangan, saundtrekni esa Shahzoda kuylagan. Ayting-chi,filmning moddiy tomonini ko‘tarish kimning zimmasiga tushgan?
— Bu har safar har xil kechadigan jarayon. Ba’zi filmlarimizda “biz ham pul tikib, foyda ko‘raylik”, deb kelgan prodyuserlar bilan hamkorlik qilganmiz, ba’zi filmlarimizni suratga olishda esa avvalgi filmdan tushgan foydani yo‘naltirganmiz. “Boyvachcha kuyov”ning moddiy tomonlarini o‘zimiz ko‘tardik.


— Film premyerasi qachonga rejalashtirilgan?
— Film premyerasini kuz oylaridan biriga mo‘ljallaganmiz



Manba : Daryo uz

Diqqat, diqqat! Xorazm.Net ”ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, Xorazm va uzbek shou-biznes yangiliklardan , Mp3, video klip va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling! >> Kanalga kirish.
16-09-2016, 19:00
Автор: xorazm.net
Просмотров: 1 472
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.



[an error occurred while processing the directive]