Реклама
» » Xonanda Sharof Muqimov yangi klipiga Ishanini taklif qildi

Xonanda Sharof Muqimov yangi klipiga Ishanini taklif qildi

Xonanda va aktyor Sharof Muqimov o‘zining "Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘i klipini o‘zbekistonliklarga Hindistonning "Senga oshiqman” nomli serialidagi Ishani obraz orqali tanish aktrisa — Radhika Madan ishtirokida ishlamoqchi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
 
 

Ayni vaqtda, Sharof Muqimovning klipi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.

— Yangi klipingizda rostdan ham "Senga oshiqman” serialida Ishani rolini ijro etgan Radhika Madanni o‘ynatmoqchimisiz?
— Ha, shuni niyat qilganmiz. Klip "Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘imizga ishlanadi. Klip voqealarining 50 foizi O‘zbekistonda, qolgan qismi esa Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan. G‘oya muallifi — rejissor Muzaffar Shams.

— Hindistonlik aktrisa klipingizda suratga tushishga rozi bo‘larmikin?
— Hindistonga besh marta borib, u yerdagi hamkorlarimiz bilan yaxshi aloqa o‘rnatganmiz. Bundan tashqari, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ham 100 foizlik va’da bergan. Hozirda shu masalani ijobiy hal qilish ustida ishlayapmiz.

Manba : Daryo.uz
 

17-03-2016, 22:34
Автор: xorazm.net
Просмотров: 4 251
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.


Оставить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *
Текст комментария:
Код: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код:

[an error occurred while processing the directive]