Реклама
» » Xonanda Rayhon yangi konsert dasturida ko‘p qo‘shiqlarini jonli kuylaydi

Xonanda Rayhon yangi konsert dasturida ko‘p qo‘shiqlarini jonli kuylaydi

Xonanda Rayhon yangi konsert dasturida tomoshabin uchun yangilik bo‘ladigan o‘ziga xoslikni topish oson bo‘lmaganini ma’lum qildi. Xonanda bu haqda "Shov-shuv.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o'tdi.
 

 

"Yangi shou tomoshabin uchun yangilik bo‘lishi kerak. Yangilikni topdik ham — eski ommabop qo‘shiqlarimga yangi nafas berdik. Musiqiy yangilanish! Vokal bo‘yicha ko‘p shug‘ullandim. Chunki bu yilgi dasturimda ko‘p qo‘shiqlarimni jonli kuylayman”, — dedi xonanda.

Rayhon yangi konsert dasturida asosan O‘zbekiston xalqi haqida kuylashni maqsad qilgan.

"Ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. O‘sib kelayotgan yangi avlodlar ham bugungi insonlar bilan faxrlanishini istayman. Millat ayirmayman. Men uchun ikki toifa odamlar bor, xolos. Yaxshi yo yomon. Umuman, dunyodagi turli millat egalariga boqib, bir xulosa qilish mumkin: o‘zbeklar baribir boshqacha! Konsertimdagi bosh tematika – millatimizga xoslikdir!”, — dedi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhonning 2016-yilgi konsert dasturi 23—27-fevral kunlari "Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.


Manba; Daryo

Diqqat, diqqat! Xorazm.Net ”ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, Xorazm va uzbek shou-biznes yangiliklardan , Mp3, video klip va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling! >> Kanalga kirish.
30-01-2016, 17:57
Автор: xorazm.net
Просмотров: 2 036
Рейтинг:
  


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.



[an error occurred while processing the directive]