Реклама
» » Facebook 19 миллиард долларга WhatsApp’ни сотиб олишини эълон қилди.

Facebook 19 миллиард долларга WhatsApp’ни сотиб олишини эълон қилди.

Facebook раҳбарияти смартфонлар учун мўлжалланган WhatsApp мессенжерини 19 миллиард долларга сотиб олаётганини эълон қилди. Бу ҳақда Associated Press ахборот агентлиги хабар бермоқда.

2013 йил охирида WhatsApp фойдаланувчилари сони 400 миллиондан ошиб кетди (AFP маълумотларига кўра, ҳозирги кунга келиб 450 миллионга етган) ва бу ҳолат уни интернетдаги энг тез ривожланаётган сервислардан бирига айлантириб, ўзига ўхшаш бошқа дастурлар орасида энг кучли рақобатчилардан бирига айланди.

WhatsApp компанияси 2009 йили Yahoo’нинг собиқ ходимлари томонидан ташкил этилган. Ҳозирги вақтда энг асосий барча операцион тизимлар учун WhatsApp версиялари чиқарилган. WhatsApp’дан фойдаланиш нархи йилига 99 центни ташкил этади (фойдаланувнинг биринчи йили – бепул).

2013 йил апрелида бир қатор ОАВда Google компанияси мессенжерни сотиб олиш бўйича музокаралар олиб бораётгани ҳақида хабар берилган, бироқ WhatsApp вакиллари бу хабарларни рад этишган эди.

Facebook’нинг ўз мобиль мессенжери ҳам бор, у 2011 йилда тақдим этилган. 2013 йил кузида ижтимоий тармоқ Snapchat мессенжерини уч миллиард долларга сотиб олмоқчи эканлиги ҳақида хабарлар пайдо бўлган, бироқ томонлар бу масалада келиша олишмаганди.

WhatsApp 85 ta Lionel Messi narxiga tengligi aniqlandi

20-fevralda Facebook ijtimoiy tarmog‘i ommabop WhatsApp messenjerini 16 milliard dollarga sotib olganligi haqida xabar bergan edik. Shuningdek, yana uch milliard dollar xodimlarga Facebook aksiyalari shaklida berishi ma’lum qilingan. Shu bois ayrim xabarlarda mazkur shartnoma 19 milliardga baholanganligi aytilmoqda.

TJournal sayti esa masalaga boshqacha yondashib, WhatsApp narxini boshqa yirik xaridlar qiymati bilan solishtirib chiqqan. Shunday qilib, bitta WhatsApp narxi nimalarga teng kelishiga bir nazar solamiz:

6,4 ta marsoxod

Bizga "qizil sayyora”dan muntazam tarzda fotosuratlar jo‘natib turgan Curiosity marsoxodi parvozi NASA’ga atigi ikki yarim milliard dollarga tushgan.


16 ta Instagram

Ayni shu Facebook 2012-yilning aprelida Instagram servisini bir milliard dollarga sotib olib, barchani hayratga solgandi. Bu degani – servisning har bir foydalanuvchiga 33,3 dollardan to‘g‘ri keladi. WhatsApp’ning har bir foydalanuvchisi esa Mark Sukerbergga 35,6 dollarga "tushdi”.

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

85 nafar Lionel Messi

Joriy yilning yanvar oyida Pluri Consultoria konsalting firmasi "Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messini dunyodagi eng qimmat o‘yinchi, deb atagandi. Uni 138,1 million yevroga baholashgan, WhatsApp narxiga esa bunday futbolchidan naq sakson beshtasini sotib olsa bo‘ladi!

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

"Gazprom” boshqaruvi a’zolarining 5466 yillik ish haqi

O‘tgan yili "Gazprom” boshqaruvi a’zolarining umumiy daromadlari (mukofot pullarini ham qo‘shganda) 1,78 milliarda rublni tashkil etgan. Boshqaruv hay’ati 17 kishidan iborat, shu bois har biriga o‘rtacha 104,7 million rubldan to‘g‘ri keladi.

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

4 ta "VKontakte”

"VKontakte”ning asoschisi Pavel Durov undagi o‘z ulushini sotayotganida, ijtimoiy tarmoq qiymati 3–4 milliard dollarga baholangan. Demak, shunaqa tarmoqdan to‘rttasining narxi bitta WhatsApp bilan tenglashadi.

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

Apple kvartal daromadidan 1,22 tasi

28-yanvarda Apple 2014-yilning birinchi moliyaviy kvartali rekord ko‘rsatkichga yetganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, kompaniyaning mazkur davrdagi daromadi 13,1 milliard dollarga yetgan. Biroq ko‘rinib turibdi – shuncha daromadi evaziga ham u WhatsApp’ni sotib ololmas edi.

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

"Yulduzlar jangi” yaratuvchi 4 ta studiya

Disney 2012-yilning 31-oktabrida rejissor Jorj Lukasning Lucasfilm kompaniyasini 4 milliard dollarga sotib olganligini ma’lum qilgan edi. Studiya bilan birga "Yulduzlar jangi” filmlari va o‘yinlariga bo‘lgan huquqlar ham Disney’ga o‘tgan. Demak, WhatsApp narxiga shunday studiyadan to‘rttasini xarid qilish mumkin.

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

0,31 ta Sochi Olimpiadasi

Businessweek nashri Sochidagi qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarining haqiqiy qiymatini 51,5 milliard dollarga baholagan edi. Ammo Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, Olimpiada narxi 42 milliard dollarga teng (1 WhatsApp = 0,38 Olimpiada). Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak bo‘lsa mazkur tadbir atigi 6 milliard dollarga tushganini aytgan (1 WhatsApp = 2,67 Olimpiada).

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

1,23 ta yangi avlod aviatashuvchisi

O‘tgan yilning noyabr oyida AQSh "Jerald Ford” CVN-78 aviatashuvchisini suvga tushirgan edi. 112 ming tonnalik bu yangi avlod kemasi palubasiga 90 tagacha samolyot bemalol sig‘adi. AQSh armiyasiga u 13 milliard dollarga tushgan, biroq hatto shu kema ham WhatsApp’dan arzon turadi!

Foto: Tjournal

Foto: Tjournal

Ana shunaqa! ;)



 

manba daryo.uz
21-02-2014, 22:31
Автор: XoRaZm
Просмотров: 31 363
Рейтинг:
Нашли ошибку?   


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 31


Оставить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *
Текст комментария:
Код: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код:

[an error occurred while processing the directive]